Qashqadaryoda “snos”ga tushgan 70 ta tadbirkorlik subyekti koʻrgan zarar qoplab berildi

12:22 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
479 0

Shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish, yangi yoʻllar qurish va hududlarga koʻrkamlik hamda yanada chiroy baxsh etish maqsadida bugun yurtimiz boʻylab qizgʻin tus olgan bunyodkorlik ishlaridan, afsuski, ayrim tadbirkorlik subyektlari egallab turgan yer uchastkalari hamda binolar zarar koʻrayotgani ham sir emas.

Qashqadaryo viloyatida aynan shu sabab zarar koʻrgan va toʻliq faoliyat koʻrsata olmayotgan, boshqacha aytganda, “snos”ga tushgan 70 ta tadbirkorlik subyektiga joriy yil avgust-sentyabr oylarida mahalliy byudjetdan 11 milliard 527,4 million soʻm mablagʻ toʻlab berildi.

Xususan, bunday holat Muborak tumanida nisbatan koʻp qayd etilgan boʻlib, 34 ta noturar obyekt uchun 3 milliard 56.6 million soʻm miqdorida zarar qoplangan. Shuningdek, Qarshi shahrida “snos”ga tushgan tadbirkorlarga 2182.2 million, chiroqchilik ishbilarmonlarga 2011.9 million soʻm mablagʻ toʻlandi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 20-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chogʻida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan mulklar zarari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplab berilishini aytgan edi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?