Qashqadaryoda saylovchilarning 8,2 foizi muddatidan avval ovoz berishdi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida brifing boʻlib oʻtdi. Unda hududiy saylov komissiyasi raisi Oʻral Ostanov viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida keng maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 29-maydagi qarori bilan Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.
Shundan soʻng 16 ta shahar (tuman) saylov komissiyasi, viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta, tuman (shahar) kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 400 ta saylov okruglari hamda1038 ta saylov uchastkasi tuzildi. Ularning barchasi belgilangan talablarga muvofiq jihozlandi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli hamda nomzodlar haqidagi maʼlumotlar, koʻrgazmali vositalar bilan toʻliq taʼminlandi.
Maʼlumki, Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori bilan 16-23-oktyabr kunlari saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi.
— Shunga koʻra, Qashqadaryoda ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni qizgʻin tus oldi, — deydi Oʻral Ostanov. — Xususan, yaqinlashayotgan saylovlarda viloyatimizdan 1 million 872 ming 564 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etishi kutilayotgan edi. Ularning 153 365 nafari (8,2 foizi) muddatidan oldin ovoz berishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring