Qashqadaryoda pilla qabul qilish boshlandi

19:29 15 May 2024 Jamiyat
231 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Oʻtgan yili Qashqadaryo viloyatida 11200 nafar kasanachi hamda 9800 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 42200 quti pilla parvarishlanib, 2452 tonna pilla xom ashyosi yetishtirilgan edi. Joriy yilda esa viloyatning pilla xirmonini 2622 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda mehnat qilayotgan viloyat pillakorlari xirmonga ilk hosillarni toʻkishni ham boshlab yuborishdi.

Xususan, Gʻuzor tumanidagi “Qodirov Karim bobo” fermer xoʻjaligi aʼzolari pilla yetishtirish boʻyicha shartnoma rejasini viloyatda birinchilardan boʻlib bajardi.

— Bu yil 3 quti pilla parvarishladik, — deydi Gʻuzor tumanidagi “Qodirov Karim bobo” fermer xoʻjaligi raisi Otanazar Qodirov. — Shartnoma rejamiz 215 kilogramm edi. Shu kunga qadar 225 kilogramm pilla xom ashyosini topshirdik. Bu rejani 102,5 foizga oshirib bajarganimizni anglatadi.

Taʼkidlash joiz, bu yilgi bahor pillakorlar uchun ham barakali keldi. Boisi salqin va seryogʻin havoda tut barglari yaxshi yetildi, ozuqa moʻl. Ipak qurtining rivojlanishi ham yaxshi kechdi. Shunga koʻra, viloyatda barpo etiladigan pilla xirmoni ham rejadagidan baland boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер