Qarshida ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan boʻldi

00:55 22 Noyabr 2021 Jamiyat
751 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida hokim almashishi bilan oʻrnatilishi toʻxtatilgan bayroq ustuni qayta bunyod etiladi, degan xabarlar tarqalgandi. Bayroq qurilishiga ishlatiladigan mablagʻlar Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2021-yilning III-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan hamda homiylik yordami hisobiga davom ettirilishi xabar qilingandi.

Yangi viloyat hokimi keng muhokamalarga sabab boʻlgan bayroqni oʻrnatmaslik uchun shahar hokimi bilan kelishgan.

Bayroq uchun ishlatiladigan mablagʻ ichki yoʻllar taʼmiri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilishi taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?