Qashqadaryoda o‘nlab turdagi murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarilmoqda
Foto: “Xalq so‘zi”
Joriy yilning o‘tgan vaqti davomida Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida “Eversion KEAE” (uyqu arteriyasidan xolesterin pilakchalarini olib tashlash), buyrak transplantasiyasi, aorta koronar shuntlash, yurak toj tomirlariga stentlash, yurak klapanlari plastikasi va shu kabi o‘nlab turdagi murakkab texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘zlashtirildi.
Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda hududdagi tibbiyot muassasalarining yetakchi shifokorlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tildi.
- Albatta, bunday murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun avvalo zamonaviy tibbiy texnologiyalar zarur, - deydi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar kardiojarrohi Rahmatilla Ravshanov. – Hukumatimiz tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, tibbiyot muassasalarining eng zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanayotgani bizga ana shunday operasiyalarni amalga oshirishga imkon yaratmoqda. Masalan, yaqinda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bolalar kardiajarrohligi bo‘limi ochilib, bo‘lim 1 milliard 200 million so‘m evaziga eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi. Natijada endi qashqadaryolik tug‘ma yurak nuqsoni bor bolajonlarning yaqinlari xorij yoki poytaxt klinikalariga qatnab ovora bo‘lishmaydi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi Nuriddin Egamovning ta’kidlashicha, joriy yilning ayni vaqtiga qadar viloyatda 400 dan oshiq yuqori texnologiyali operasiyalar amalga oshirilgan bo‘lsa, yil oxiiriga qadar bunday amaliyotlar soni 2 mingdan oshishi prognoz qilingan. Bu shuncha bemor va ularning yaqinlarining mushkuli yengillashadi, poytaxt yoki xorijdagi klinikalarga borib, ko‘p vaqt va mablag‘ yo‘qotishining oldi olinadi, deganidir.
Jahongir BOYMURODOV,
“Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring