Qashqadaryoda ona va qizni sharmanda qilmaslik evaziga 1000 dollar undirmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi

14:03 13 Fevral 2021 Jamiyat
1568 0

Qiz va onasini sharmanda qilmoqchi boʻlgan tovlamachi IIB xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Fuqaro I.Q. Qarshi shahar IIO FMB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, 21 yoshli Shahzod X. uning qizi S. bilan telefon orqali boʻlgan soʻzlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

I.Q.ning murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 2021-yil 09-fevral kuni Shahzod X. tovlamachilik yoʻli bilan I.Q.dan qizi S. bilan oʻrtalarida boʻlib oʻtgan soʻzlashuvlarni yaqin qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?