Qashqadaryoda oilaviy til biriktirgan jinoyatchilar behayo suratlarni tarqatish bilan qoʻrqitib ayoldan 3 ming dollar talab qildi

12:18 13 Avgust 2022 Jamiyat
640 0

Foto: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi

2022-yil 8-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro N.Z. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, j.y. 1-avgust kuni telegram messenjeri orqali nomaʼlum profil foydalanuvchisi unga tegishli boʻlgan behayo fotosuratlarini oʻziga yuborib, rasmlarni internet tarmogʻida tarqatmaslik va turmush oʻrtogʻiga yubormaslik evaziga 3.000 AQSH dollari pullarni va tilla taqinchoqlarni berishini talab qilganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida telegramdagi nomaʼlum profil orqali moddiy qimmatliklarni talab qilgan shaxslar Kasbi tumanida yashovchi aka-uka Sh.U.M, Sh.O.M va ularning kelinoyisi U.Yu.O hamda uning singlisi U.D.O.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi va jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?