Qashqadaryoda “Nexia” “КамАЗ” orqasiga borib urildi

00:43 15 Yanvar 2022 Jamiyat
548 0

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatida markaziy avtomagistralning Nishon tumani hududidan oʻtuvchi qismida oʻlim bilan yakunlangan YTH sodir boʻldi. Bu haqda Qashqadaryo IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 11-yanvar kuni soat 05:30 atrofida Nishon tumanidagi Koʻksoy mahallasi yaqinida sodir boʻlgan. Qarshi shahridan harakatlanayotgan “Nexia” haydovchisi yoʻlning oʻng tomonida harakatlanayotgan “КамАЗ” yuk mashinasining orqa tirkamasi bilan toʻqnashib ketgan.

Hodisa oqibatida “Nexia” haydovchisi va yoʻlovchisi ogʻir tan jarohati olib, vafot etgan. Yana bir yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

“КамАЗ” haydovchisining iddao qilishicha, yengil avtomobil haydovchisi chiroqlarni yoqmagan holda harakatlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?