Qashqadaryoda natija mutlaqo yoʻq. Yoʻldayam yoʻq, suvdayam yoʻq... Prezident rahbarlarni keskin tanqid qildi

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlar, uning natijalari haqida oʻz fikrlarini bildirib, masʼullarni tanqid qildi.
"Qashqadaryoda birorta sohada tizimli mana shu 3,5 yil ichida birorta vazir, Bosh vazir oʻrinbosari natija bermagan desak toʻgʻri gap. Shu uchun Qashqadaryo mana shu ahvolga tushib qolgan.
Ikkinchidan, hamma tuman hokimlari, tuman sektor rahbarlari bir xil ishlamayapti, koʻpi ishlashni xohlamaydi. Mana shu savol bugungi oʻtirgan hammani qiynashi kerak.
Qashqadaryoda, ming afsus, natija mutlaqo yoʻq. Yoʻldayam yoʻq, suvdayam yoʻq, sifat ham yoʻq yoʻlni, TSJ (Uy-joy mulkdorlari shirkati) yoʻq, ilm yoʻq qishloq xoʻjaligida, hosildorlik yoʻq, paxtani navi yoʻq qishloq xoʻjaligida.
Qashqadaryo misolida biz kelgusi yilga yangi tizimga oʻtishimiz, tizim bitta narsaki masʼuliyat va javobgarlik oʻzini sohasi boʻyicha", dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring