Qashqadaryoda mehmon uy egasining avtomashinasini oʻgʻirlab ketdi

14:17 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
715 0

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida fuqaro mehmonga borib, uy egasining “Nexia” rusumli avtomashinasi va bir dona, bahosi 500 ming soʻmlik telefon apparatini yashirin ravishda olib qochib ketgan.

Voqea 2021-yil 17-oktabrdan 18-oktabr kuniga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Boʻston mahallasida yashovchi fuqaro X.K. 102 xizmatiga murojaat qilib, Oʻzbekiston mahallasida yashovchi J.D. avtomashinasi va telefon apparatini oʻgirlab ketganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Nexia” rusumli avtomashina shu kuni soat 11:30 larda tumanning Ayridevol mahallasidan texnik soz holda topilgan.

Hozirda Dehqonobod tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?