Qashqadaryoda MCHJ rahbari dori-darmon va tibbiyot buyumlarini qimmat narxlarda yetkazib bergan

18:05 19 Avgust 2022 Jamiyat
621 0

Foto: Prokuratura Departameti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.» MCHJ rahbari B.F. va boshqalar 2020-2021-yillar va joriy yilning aprel oyiga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga dori-darmon va tibbiyot buyumlarini belgilangan 15 foiz ustamadan ortiqcha narx qoʻyib yetkazib berganliklari oqibatida, jami 2,3 mlrd soʻmni oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?