Qashqadaryoda “Labo” rusumli avtomobilning yukxonasida ketayotgan ikki ayol avtohalokat tufayli vafot etgan

Foto: Illustrativ foto
2022-yil 12-noyabr kuni soat 09:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani, Toshli MFY hududidan oʻtuvchi 4R-87 avtomobil yoʻlining 46-kilometrida 1986-yilda tugʻilgan haydovchi B.Sh. “Labo” rusumli avtomobilning yukxonasida odam tashish qoidalarini buzgan holda yoʻlovchilar mindirib harakatlanayotgan vaqtda yoqilgʻisi tugab transport vositasi sekinlashgan. Haydovchi avtomobilni yoʻl chetiga olib chiqayotgan vaqtda ushbu yoʻnalishda, ortidan harakatlanib kelgan haydovchi, 1987-yilda tugʻilgan Gʻ.T. “Isuzu” rusumli avtomobilda yoʻl chetiga harakatlanayotgan “Labo”ning aynan odamlar minib olgan qismiga qattiq zarb bilan toʻqnashgan va ikkala yuk avtomobillari yoʻl chetiga agʻdarilgan.
YTH natijasida, “Labo” avtomobilining yukxonasida boʻlgan ikki nafar yoʻlovchilar ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, besh nafar yoʻlovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring