Qashqadaryoda X-XII asrlarga oid yodgorlik buzilib, oʻrnida uy-joy qurildi

19:33 15 Avgust 2022 Jamiyat
601 0

Foto: Bosh prokuratura

Avvalroq xabar berilganidek, prokuratura organlari tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda moddiy madaniy meros obyektlarini himoya qilish va ular bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, oʻtkazilgan tekshirishda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid «Chordangitepa» arxeologiya yodgorligining bir qismi fuqaro M.F. tomonidan buzib tashlanib, oʻrnida uy-joy qurib yuborilgani va davlat manfaatlariga 315 mln. soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi VI-VII asrlarga oid «Nomsiztepa» arxeologiya yodgorligi bir qismi nomaʼlum shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida, davlat manfaatlariga 1,5 mlrd. soʻmlik juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijalariga koʻra, jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер