Qashqadaryoda YPX xodimi choʻkayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

19:52 16 Iyul 2025 Jamiyat
219 0

Videodan kadr

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Yoʻl patrul xizmati xodimi suvda choʻkayotgan fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishcha, bugun, 2025-yil 16-iyul kuni soat 16:20 larda Qarshi tumani hududidan oʻtuvchi “Qarshi magistral bosh kanali” oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Nodir Mirzayev kanalda choʻkayotgan fuqaroni koʻrib qolgan va zudlik bilan uni qutqarish uchun oʻzini suvga tashlagan.

Voqeaga guvoh boʻlgan fuqaro Maʼruf Choriyev ham oʻzini suvga tashlab yordam qoʻlini uzatgan.

Koʻrilgan choralar natijasida fuqaro qutqarib qolinib, unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga olib borilgan.

“Hozirda fuqaroning holati yaxshi. Uning hayotini saqlab qolish yoʻlida jasorat va fidoyilik koʻrsatgan YPX xodimi Nodir Mirzayev hamda fuqaro Maʼruf Choriyevga chuqur minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi YHXX xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?