Qashqadaryoda ishiga masʼuliyatsiz qaragan Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasi raisiga xayfsan berildi, yana ikki xodim esa vazifasidan ozod etildi

Bugun bir guruh pensionerlar viloyat hokimligi binosi yonida yigʻilib, pensiya pullarini oʻz vaqtida olishda muammolarga duch kelayotgani, pensiya jamgʻarmasining Qarshi shahar boʻlimi masʼullari bu masalaga eʼtiborsiz qarab, dardini eshitmayotganidan shikoyat qilib keldi.
Fuqarolarni qabul qilgan viloyat hokimi masalaning mohiyati va kelib chiqish sabablarini shu joyning oʻzida masʼullar ishtirokida oʻrgandi.
“Har bir masʼul shaxs oʻz lavozim majburiyatini lozim darajada bajarmasa, albatta, qonuniy chora koʻriladi. Fuqarolar murojaati bilan ishlashni faoliyatining asosiy mezoni ekanligini anglab yetmagan rahbarlarga oramizda oʻrin yoʻq. Sababi, fuqaro biror bir davlat tashkilotida adolatsizlik va byurokratik toʻsiqlardan yuqori tashkilot va organlarga murojaat qila boshladimi, demak, pastki boʻgʻinida tartib va intizom talab darajasida emas” dedi Zoyir Mirzayev.
Yakunda nafaqalar oʻz vaqtida beriladigan, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi raisi hayfsan (30%lik), uning oʻrinbosari va jamgʻarmaning shahar boʻlimi toʻlovlar boʻyicha mutaxassisi vazifasidan ozod etiladigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring