Qashqadaryoda ikki avtomobil toʻqnashishi oqibatida 8 odam halok boʻldi

11:34 17 Avgust 2022 Jamiyat
355 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 15-avgust kuni tunda A-380 Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yoʻlining Muborak tumani hududidan oʻtgan qismida katta tezlikda harakatlanayotgan mashinalardan biri ikkinchisining yoʻliga chiqib ketib oʻzaro toʻqnashgan. Shundan soʻng yongʻin kelib chiqqan. Oqibatda har ikkala mashina va ularda boʻlgan odamlar, jami 8 kishi tiriklayin yonib ketgan.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan viloyat IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?