Qahqadaryoda fuqaroni xorijiy kompaniyaga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

12:21 05 Avgust 2022 Jamiyat
290 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “E.” xorijiy kompaniyasi injener-texnologi A.X. fuqaro Sh.ni tanishlari orqali ushbu kompaniyaga ishga kiritib qoʻyishni 1 500 AQSH dollariga kelishib, shundan 11 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?