Qashqadaryoda fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obroʻsizlantirmoqchi boʻlgan tovlamachi ushlandi

15:33 10 Avgust 2022 Jamiyat
189 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.U. boshqa bir fuqaro Z.ning qadr-qimmati va obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, evaziga undan 3 000 AQSH dollari talab qilib, 500 AQSH dollari va 4 dona tilla taqinchoqlarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?