Qashqadaryoda yengil va yuk avtomobillari toʻqnashuvi oqibatida 4 yoʻlovchi halok boʻldi

12:12 06 Avgust 2021 Jamiyat
229 0

Joriy yilning 5-avgust kuni soat 14:20 larda, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1288-kilometrida haydovchi, 1956-yilda tugʻilgan N.A. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1998-yilda tugʻilgan D.T. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomobili ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan va “Lacetti” avtomobilida yongʻin yuzaga kelgan.

Natijada, “Lacetti” avtomobilida boʻlgan 4 nafar yoʻlovchi YTH hamda yongʻin oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?