Qashqadaryoda eng koʻp himoya orderi Qarshi tumani xotin-qizlariga berilgan

17:46 29 May 2024 Jamiyat
366 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Jahongir BOYMURODOV/«Xalq soʻzi». Qarshi tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat oila va xotin-qizlar, ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida «Ombudsman maktabi» loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Unda tumanning Mevazor, Tinchlik, Oʻzbekiston mustaqilligi, Gulshan, Navroʻz, Mirmiron hamda Navoiy mahallalarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanishicha, viloyatda eng koʻp himoya orderi Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarga berilgan. Ularga nisbatan qilingan tazyiqlar, xotin-qizlar tomonidan turli idoralarga qilingan murojaatlar tahlili esa bu borada huquqiy targʻibot tadbirlari soni va samaradorligini yanada oshirish zarurligini koʻrsatmoqda.

— «Ombudsman maktabi» loyihasining maqsadi ham ayollar, yoshlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan huquq va imtiyozlardan aholining xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan, — deydi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova. — Bu borada tizimli ravishda targʻibot, tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi tadbir ham ularning navbatdagisi boʻldi.

Tadbir soʻnggida sayyor qabul oʻtkazilib, xotin-qizlarni qiziqtirayotgan masalalar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер