Qashqadaryoda dunyoga kelgan uch egizakka Ziroatxon, Shahnozaxon va Saidaxon deb ism qoʻyildi

10:42 03 Sentyabr 2021 Jamiyat
2286 0

Yakkabogʻ tumani Gʻozliq mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻtontepa qishlogʻilik Muslimbek Hazratov hamda Navbahor Dushayeva oilasida dunyoga kelgan uch egizakka Prezidentimiz oilasiga havas qilishib, Ziroatxon, Shahnozaxon va Saidaxon ismlarini qoʻyishdi.

Uch opa-singil chaqaloqlarning ahvoli juda yaxshi. Oila aʼzolari Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida – 31-avgust kuni dunyoga kelgan uch egizak farzandni Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlari qilib voyaga yetkazamiz, deyishmoqda.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер