Qashqadaryoda davlat zaxirasidan 16 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

14:43 03 Avgust 2022 Jamiyat
231 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.H. boshqa bir fuqaro R.ga Qarshi tumani “Yangibogʻ” MFY hududidan davlat zaxirasidagi 16 sotix yer maydonini tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 90 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер