Qashqadaryoda “Damas” yonib ketdi

17:58 10 Aprel 2025 Jamiyat
369 0

Videodan kadr

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Damas” rusumli avtomobil yonayotganligi aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga koʻra, holat joriy yilning 8-aprel kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida roʻy bergan. Yongʻin haqida xabar kelib tushgandan soʻng tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 1 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi voqea joyiga soat 22:17 da yetib borib, alangani qisqa vaqt ichida oʻchirgan.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida 2001-yilda ishlab chiqarilgan oq rangli “Damas” rusumli transport vositasi toʻliq zarar koʻrgan. Sodir boʻlgan vaziyat ortidan hech kim kuyish tan jarohati olmagan.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер