Qashqadaryoda chang boʻroni oqibatida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

Joriy yilning 21-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida 4P-88 Shoʻrtan-Mangʻit avtomobil yoʻlining 16-kilometrida soat 13:25 atrofida chang boʻroni oqibatida oltita avtomobil toʻqnashib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, bir yoʻnalishda harakatlanayotgan uchta yuk mashinasi oʻzaro toʻqnashgan. Shunda qarama-qarshi yoʻlakda harakatlanayotgan “Tico” va ikkita “Nexia” rusumli avtomashinalar ularga kelib urilgan.
Qayd etilishicha, yoʻl-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring