Qashqadaryoda ajrashishlar soni kam boʻlgan mahalla raislariga qoʻshimcha maosh beriladi

02:27 22 Dekabr 2021 Jamiyat
982 0

Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimovning maʼlum qilishicha, yil yakuniga koʻra ajrimga yoʻl qoʻymagan hamda ajrashishlar soni kam boʻlgan mahalla raislariga 5 million soʻmdan 10 million soʻmgacha miqdorda maosh toʻlanadi.

Murod Azimov 20-dekabr kuni boʻlib oʻtgan viloyat sessiyasida bu taklifni ilgari surdi hamda uning fikrini masʼullar ham qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

Agar bironta mahallada ajrim boʻlmasa, raislarga 10 million soʻmgacha pul mukofoti berib, respublikaning eng yaxshi sanatoriylariga yoʻllanmalar ajratamiz, — dedi hokim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?