Qashqadaryoda aniq va tabiiy fanlar boʻyicha 4000 nafarga yaqin pedagoglarga metodik yordam koʻrsatildi

12:05 20 Fevral 2021 Jamiyat
676 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Taʼlim inspeksiyasi oldiga taʼlim sifatini nafaqat poytaxtda, balki olis qishloqlarda ham yuqori darajaga koʻtarish va maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 5 —12-fevral kunlari inspeksiya, OTM hamda  viloyat xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi hamkorligida viloyatdagi tayanch maktablarida aniq va tabiiy fanlar boʻyicha umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun oʻquv seminarlari tashkil etildi.

4 000 nafarga yaqin oʻqituvchi qatnashgan mazkur seminarlarda matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha Qarshi davlat universiteti, xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hududiy markazi va akademik litseylarning malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.

Yaqinda Qarshi davlat universitetida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan viloyatdagi taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlariga bagʻishlangan seminarda mazkur jarayonlarda faollik koʻrsatgan 16 nafar professor-oʻqituvchilar taqdirlandi.

Qayd etish lozimki, 2022-yilda oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Qashqadaryo viloyatidagi 15 ta tumanda 29 ta tayanch maktabi belgilangan. Mazkur maktablarga esa oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish va pedagoglar malakasini muntazam tarzda oshirib borish maqsadida viloyatdagi 1 128 ta umumtaʼlim muassasasi biriktirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?