Qashqadaryoda 918 ta saylov uchastkasida nomzodlar uchun ovoz beriladi

Xalqaro matbuot markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimida “Saylovlarda OAVning oʻrni va roli” mavzusida seminar tashkil etildi.
Markaziy saylov komissiyasi Qashqadaryo viloyat saylov komissiyasi, Xalqaro matbuot markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida oʻtgan seminarda siyosiy partiyalarning viloyat kengashi vakillari, jurnalistlar saylov qonunchiligiga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar, saylovga tayyorgarlik jarayonining borishi va unda OAVlarining oʻrni, saylovlarni yoritishda OAVning roli mavzularidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Viloyat saylov komissiyasi matbuot markazining maʼlumotiga koʻra viloyatda Oliy Majlis qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 14 ta, viloyat kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 502 ta okrug saylov komissiyalari tuzilgan boʻlib, saylovchilar jami 918 ta saylov uchastkasida oʻz nomzodlari uchun ovoz beradilar. Parlament saylovida har bir uchastkada oʻrtacha 133 000 nafar saylovchi sonidan kelib chiqqan holda ovoz berish amalga oshiriladi. Seminarda 20-oktyabrdan 20-noyabrgacha oʻtkaziladigan targʻibot oyligini qonun talablari asosida yoritib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ahad Muhammadiyev,
“Xalq soʻzi“
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring