Qashqadaryoda 9 yil oldin sodir etilgan mudhish qotillik fosh etildi

18:35 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
946 0

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyatida 9 yil muqaddam sodir etilgan qotillik fosh qilingani haqida xabar berdi

Aniqlanishicha, 24.01.2012-yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, “Qoraboʻyin” mahallasida yashagan T.Gʻ. oʻziga tegishli «Nexia-2» rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan.

T.Gʻ. boshqaruvidagi avtomashina Samarqand shahar, “Madaniyat” mahallasidagi koʻp qavatli uyning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bedarak yoʻqolgan Gʻ.T.ning avtomashinasini koʻzdan kechirish davomida, avtomashinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan.

Foto: Bosh prokuratura

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida oʻta ogʻir jinoyat fosh etildi.

Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yoʻqolgan Gʻ.T. qasddan oʻldirilib, uning jasadini Chiroqchi tumani, “Shoʻrbozor” mahallasi hududida joylashgan zaxiradagi dala maydonida koʻmib, avtomashinasini esa Samarqand shahar, “Madaniyat” mahallasi, “Narpay” koʻchasidagi koʻp qavatli uyning orqa tomoniga tashlab ketishganligi aniqlangan.

M.O., T.A. va D.S.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik koʻrsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, koʻrsatmalarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan toʻliq oʻz isbotini topgan.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb eʼlon qilinib, barchasiga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?