Qashqadaryoda 500 ming tonnadan ziyod don fermer va aholi ixtiyorida qoldi

15:35 19 Iyul 2022 Jamiyat
218 0

Foto: Xalq so‘zi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov fermerlarga murojaat qilib, vohada joriy yilda 370 ming tonna don saranjomlab olingani va bu hosil oʻtgan yildagiga nisbatan 50 ming tonna koʻpligini qayd etdi hamda gʻallakorlarga minnatdorlik bildirdi.

— Fermerlar bugun manfaatdorlik nima ekanini, mehnat qilib baraka topishning samarasini oʻz hayotida koʻrishyapti, — dedi M. Azimov. —  500 ming tonnadan ortiq gʻalla aholi va fermerlar ixtiyorida qolishi ham rizq-roʻzimizning moʻl-koʻlligidan dalolat. Bu jarayonda Yakkabogʻ, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Chiroqchi, Qarshi, Kasbi va Koson tumanlari fermerlari yuqori natijalarini qayd etib, oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar va bundan oʻzlari ham katta manfaat koʻrishmoqda. Koʻrinib turibdiki, fermerlarimiz imoniyati qancha kengaysa, donimiz moʻl va nonimiz arzon boʻladi.

Joriy yildan gʻallachilikda bozor mexanizmlari joriy qilinishi evaziga davlat zaxirasiga topshirilgan gʻallaning 80 foizi don korxonalari tomonidan oʻtgan yilga nisbatan ikki barobar qimmat narxlarda, har bir tonna uchun uch million soʻmdan toʻlab berilgan boʻlsa, 20 foizi don korxonalari omborlarida saqlangan holda fermerlar hisobidan birja savdolari orqali sotiladi.

Shuningdek, viloyatda gʻalladan boʻshagan maydonlar aholiga, ayniqsa, yoshlarga boʻlib berilib, koʻp suv talab etmaydigan sabzavot, poliz, dukkakli ekinlarni ekish ishlari olib borilmoqda.

 

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер