Qashqadaryoda 27,5 ming AQSH dollariga 17,3 sotix yer maydonini sotgan firibgar ushlandi

19:04 10 Avgust 2022 Jamiyat
307 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A. boshqa bir fuqaro B.ni tumandagi 17,3 sotix yer maydonini goʻyoki oʻzining rahbarligidagi MCHJga tegishli ekanligiga ishontirib, tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga fuqaroning 27,5 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, olgan pullari hisobidan 100 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?