Qashqadaryoda 1,1 mlrd soʻmni oʻzlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

11:51 01 Avgust 2022 Jamiyat
691 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” MCHJ rahbari U.R. va boshqalar tuman hududida velosiped va piyodalar yoʻlakchalarini qurish va taʼmirlash ishlari boʻyicha rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritishi yoʻli bilan bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozib, 1,1 mlrd soʻmni oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?