Qashqadaryoda 1,1 mlrd soʻmlik poʻlat suv quvurlarini oʻzlashtirish holati aniqlandi

11:02 05 Avgust 2022 Jamiyat
267 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ Muborak tumani filiali moddiy javobgar shaxslari va boshqalar tumanidagi “Koʻhnashahar” va “A.Temur” hududidan oʻtuvchi uzunligi 2 500 metr boʻlgan bozor bahosi 1,1 mlrd soʻmlik poʻlat suv quvurlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?