Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi

16:36 22 Iyul 2022 Siyosat
485 0

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Joriy yilning 22-iyul kuni Oliy Majlis Senatida Qashqadaryo viloyatidan boʻshab boʻlgan qolgan oʻrin uchun saylov boʻlib oʻtdi.

Qashqadaryo viloyati teatr binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizomxoʻdjayev ishtirok etdi.

Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?