Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻzgardi

11:51 25 Noyabr 2020 Jamiyat
263 0

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Tulakov Ravshan Panjiyevich Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, 48 yoshli Ravshan Tulakov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya boʻlimi vrachi, filialning umumiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarda ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimizning joriy yil 12-13-noyabrdagi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida tizimdagi qator muammolar tanqidiy koʻrib chiqilgan edi. Yangi rahbarga hududning tibbiy salohiyatini yuksaltirish, chekka qishloq joylariga malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish madaniyatini oshirish kabi qator muhim vazifalar yuklatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?