Qashqadaryo viloyat IIBda qurol-aslahalar koʻrgazmasi oʻtkazildi

11:13 26 Noyabr 2023 Jamiyat
99 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga koʻra, noyabr oyi vazirlik tizimida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” deb eʼlon qilingan edi. Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida oylik doirasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Tadbirda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari, Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo Akademik litseyi oʻquvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar viloyat IIB tizimida foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, qurol-aslahalar hamda transport vositalari, ularning imkoniyatlari bilan tanishdi.

— Yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ularning sohaga qiziqishini oshirish, xalq va kuch tuzilmalari yakdilligini taʼminlashda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Shermuhammad Muslimov. — Bugungi tadbirning maqsadi ham shunga qaratilgan. Yoshlarimiz sohada foydalanilayotgan eng zamonaviy texnologiyalar, qurol-aslahalar bilan tanishish asnosida, mamlakatimizning kuch tuzilmalaridan faxr va iftixor hissi oshishi tayin.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер