Qasamyodini buzgan sud raisi vazifasidan ozod etildi, 25 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi

19:12 06 Aprel 2021 Jamiyat
573 0

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Bir nafar sudya (jinoyat ishlari boʻyicha tuman sud raisi) sudyalik qasamyodini buzgani tufayli vazifasidan ozod etildi.

Yigʻilishda 29 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasi ham koʻrib chiqilib, faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 25 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi, toʻrt nafariga nisbatan rad etildi.

Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan:

Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Fargʻona viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga;

Baxodirjon Baxtiyorovich Ergashev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Kamoliddin Ravshanovich Murodov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga;

Qobuljon Gʻulomjon oʻgʻli Abdullayev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?