Qarshidagi xususiy klinikada ijtimoiy himoyaga muhtojlar bepul operatsiya qilinmoqda

12:07 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
221 0

Foto: Faxriddin Bozorov / Xalq so'zi

Yaqinda “Shifo nur” koʻp tarmoqli tibbiy markazning Qarshi filiali uchun barpo qilingan zamonaviy koʻrinishdagi yangi bino foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan ushbu xususiy klinikada viloyat aholisi uchun xayriya tadbiri oʻtkazilmoqda. Unda xorijning nufuzli tibbiyot muassasalari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk Britaniyada malaka oshirib kelgan oftolmoxirurgiya. LOR, umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, endokrin xirurgiya kabi yoʻnalishlardagi mutaxassislar jalb qilingan boʻlib, zarur operatsiyalar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun bepul amalga oshirilmoqda.

- Yangi binoni barpo qilish uchun 12 milliard 500 million soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi,- deydi filial direktori Sobir Toshev. - Markaz filiali yangi bino va qoʻshimcha inshootlar hisobiga kengayishi natijasida 70 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?