Qarshida tibbiyot texnikumi talabasi yotoqxonaning 4-qavatidan sakrab oʻz joniga qasd qildi  

00:03 02 Dekabr 2021 Jamiyat
597 0

Illyustrativ foto (Suratni voqeaga aloqasi yoʻq)

Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabasi oʻz joniga qasd qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibining xabar berishicha, 30-noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda oʻqigan talaba qiz (2001-y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab oʻz joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning oʻlim sabablari va ishga aloqador boʻlgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador boʻlgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?