“Qarshida pichoqbozlik” videosi boʻyicha izoh berildi

15:05 27 Iyul 2021 Jamiyat
286 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshida pichoqbozlik” sarlavhasi ostida tarqalayotgan videolar boʻyicha Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Qarshi shahar “Charmgar” MFYda yashovchi voyaga yetmagan P.S. 2021-yil 24-iyul kuni soat 16:30larda, Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Sharq” supermarketida sotuvchi boʻlib ishlovchi D.S.ning oldiga kelib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida qoʻpol soʻzlar bilan uni haqorat qilgan.

Shu vaqtda P.S.ning nooʻrin xatti-harakatlarini oldini olmoqchi boʻlgan supermarket qoʻriqchisi X.J.ga “Sen aralashma!” deb oʻzi bilan olib yurgan oshxona pichogʻi bilan tan jarohati yetkazmoqchi boʻlgan. Natijada P.S. supermarket ishchilari tomonidan toʻxtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 24-iyul kuni P.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?