Qarshida «Neksiya» urib yuborishi oqibatida 9 oylik bola halok boʻldi

10:01 17 Avgust 2021 Jamiyat
153 0

2021-yil 10-avgust kuni soat 21:10 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Davlat xizmatlari agentligi” binosi roʻparasida haydovchi F.E. «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan (yoʻl belgilari va chiziqlari bilan belgilangan) piyodalar oʻtish joyidan onasi bilan oʻtayotgan, bolalar aravachasida boʻlgan, 2020-yil noyabr oyida tugʻilgan U.J.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan U.J. ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Haydovchi F.E.ga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?