Qarshida 50 ga yaqin bogʻcha tarbiyalanuvchilari zaharlangani aytilmoqda

07:51 19 Sentyabr 2022 Jamiyat
461 0

Foto: Arxiv surat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bogʻchada 50 nafarga yaqin bolada ovqatdan zaharlanish kuzatilganligi xususida xabarlar tarqalmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar boʻlimi boshligʻi S.Radjabov 20b/536 sonli xatida bildirishicha, joriy yilning 17-sentyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-boʻlimiga Qarshi shahar, “Qoʻrgʻoncha” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.Sh. oʻtkir diareya tashxisi bilan yotqizilgan.

Epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, koʻngil aynish, holsizlik, isitma koʻtarilishi kuzatilgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.

Shuningdek, xatda SEO va JSX Qarshi shahar boʻlimi boʻlimga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar oʻrtasida ovqatdan zaharlanish holati boʻyicha tezkor xabarnoma kelib tushmaganligini bildirgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?