Qarshida 3 ta osmonoʻpar bino qurib bitkazildi. Bayram arafasiga 240 oilaga xonadon kalitlari topshirildi

16:43 17 Mart 2021 Iqtisodiyot
323 0

Qarshi shahrida barpo qilingan 16 qavatli osmonoʻpar binolarning 3 tasi Navroʻz bayrami arafasida qurib bitkazildi.

Bugun 240 xonadon egalariga ana shu koʻrkam uy-joylarning kalitlarini topshirishga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Qarshi shahar hokimligi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda deputatlar ishtirok etib, xonadon sohiblarini yangi uy bilan qizgʻin muborakbod etishdi.

Bosh pudratchi “Agromir buildings” MCHJ quruvchilari tomonidan uzoq muddatli ipoteka krediti asosida bunyod etilgan bu uylarning12 tasi yosh oilalarga, 6 tasi xotin-qizlarga, 3 tasi xorijda ishlab qaytganlarga va 219 tasi uy-joyga ehtiyoji bor fuqarolarga berildi.

“Qarshi City” loyihasi doirasida shaharda yana 4 ta 16 qavatli uy-joy qurish ishlari davom ettirilmoqda.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?