Qarshi va Shahrisabz shahridagi DXMda xorijga chiqish beometrik pasporti berish xizmati joriy etildi

19:34 07 Yanvar 2022 Jamiyat
797 0

Foto: «Халқ сўзи»

Maʼlumki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab bir qator xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan boʻlib, unga koʻra, Qarshi va Shahrisabz shahridagi DXM orqali fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish muqobil ravishda ichki ishlar boʻlimlari bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Shohida Shoimovaning maʼlum qilishicha, 2022-yil yakuniga qadar bu xizmat bosqichma-bosqich viloyatdagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida joriy etiladi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?