Qarshi shahrida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” va “I.-H.” MCHJ taʼsischisi J.T. shahar Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, Nasaf koʻchasida koʻcha chiroqlarni oʻrnatishda rasmiy hujjatlarga bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 1,3 mlrd soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi hamda 1,8 mlrd soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring