Qarshi shahrida “Koʻchat ekib, bogʻ yarating” shiori ostida ekoaksiya oʻtkazildi

20:28 05 Aprel 2021 Jamiyat
667 0

Oʻzbekiston ekologik partiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda «LUKOYL Oʻzbekistan Opereyting Kompani» MCHJ hamkorligida oʻtkazilgan ekoaksiya doirasida Qarshi shahrida 800 tupdan ziyod manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Xususan, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida - 500 tup, “Shuhrat” qoʻrgʻonida - 100 tup, Odina masjidi hududida - 100 tup, Shayxali shaharchasidagi 38-MTTda - 100 tup manzarali daraxt koʻchati ekilib, tabiat musaffoligiga katta hissa qoʻshildi.

— Ayni chogʻda biz yaratgan bogʻlar, koʻchalar hamda yoʻl yoqalariga, atrofga koʻrk ulashishi barobarida, havo musaffoligini taʼminlaydi,- deydi Qarshi davlat universiteti ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishi 1-bosqich talabasi, ekopartiya aʼzosi Gʻolibbek Jabborov. — Maʼlumki, bir gektar yerdagi daraxtlar bir kecha-kunduzda 220-275 kilogrammgacha karbonat angidrid gazini yutib, 180-215 kilogramm kislorod ajratadi. Bu miqdor oʻrtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan taʼminlashga yetadi. Shuning uchun ham biz oʻtkazayotgan ekoaksiya umumxalq harakatiga aylanib, har bir hududda oʻtkazilishi tarafdorimiz.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?