Qarshi shahri kuni keng nishonlandi

Foto: Халқ сўзи
2006-yilning 27-oktyabr kuni jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qoʻshgan qadimiy va navqiron Qarshi shahrining 2700-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlangan edi. Shundan buyon bu sana Qarshi shahar kuni sifatida tantana qilib kelinmoqda.
Kecha shu munosabat bilan shaharning Mustaqillik shoh koʻchasi boʻylab yugurish marafoni oʻtkazildi. Marafonda turli yoshdagi aholi vakillari faol ishtirok etdi.
Qarshi shahar hokimligi tashabbusi bilan tabarruk keksalar uchun Qashqadaryo viloyat qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, “Ishga marhamat” monomarkazi va viloyat musiqali drama teatriga sayohat uyushtirildi. Nuroniy otaxon-onaxonlar mumtoz kuy-qoʻshiqlardan iborat konsert dasturidan bahramand boʻldi.
Shuningdek, 12 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan ijodkor yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Nasaf yulduzlari” mega tanlovi ham bayramga oʻzgacha zavq-shavq bagʻishladi. Mega tanlovda raqs, estrada va anʼanaviy xonandalik, baxshichilik, teatr sanʼati, musiqa ijrochiligi, rassomlik yoʻnalishlarida gʻoliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovgʻalari taqdirlanishdi.
Qarshi shahridagi “Navroʻz” xiyobonida raqs, qoʻshiq, askiya, aytishuv va oʻyin-kulgilarga boy madaniy tadbirlar to kechga qadar davom etdi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring