“Qarshi — Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

11:31 16 Oktyabr 2021 Jamiyat
523 0

“Samarqand” xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan hamda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2021-yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar “Qarshi — Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida 772/771-sonli zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlum qildi.

Harakat jadvaliga koʻra, bir oy mobaynida “Qarshi — Samarqand” yoʻnalishida harakatlanadigan 772-sonli zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi har kuni soat 12:20 da Qarshi temir yoʻl vokzalidan, shuningdek, “Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida harakatlanadigan 771-sonli zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi esa har kuni soat 14:30 da Samarqand temir yoʻl vokzalidan qatnovni amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?