Qarshi harbiylashtirilgan qoʻriqlash otryadi sobiq boshligʻi 24 nafar fuqaroni pora bilan qabul qilganmi?

23:51 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
262 0

Foto: Arxiv surat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi temir yoʻl harbiylashtirilgan qoʻriqlash otryadi rahbariyati oʻzlariga yaqinlarni ishga joylashtirish uchun xizmat olib borayotgan xodimlarni boʻhtonlar bilan ishdan boʻshatishdi” nomli xabar eʼlon qilingan.

Ushbu holat Qarshi transport prokuraturasi tomonidan oʻrganildi.

Xususan, Qarshi harbiylashtirilgan qoʻriqlash otryadi sobiq boshligʻi T.Shukurovga nisbatan 24 nafar fuqaroning har biridan 2 000 AQSH dollari olib ishga qabul qilganligi haqidagi vajlar oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli, T.Shukurovga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksiga koʻra, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?