Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yoʻli topildi

20:33 23 Noyabr 2022 Dunyo
1843 0

Foto: Arxiv surat

Kanada olimlari qandli diabet kasalligining II turi rivojlanishini sekinlashtirish va oldini olish yoʻlini topdi. Buning uchun tegishli koʻrsatmaga muvofiq, D vitamini qabul qilish zarur.

Tadqiqotda ishtirok etgan koʻngillilar olti oy davomida odatdagi meʼyordan koʻproq dozada mazkur darmondorini qabul qildi. Yakunda ushbu muolaja qandli diabet rivojlanishiga moyilligi boʻlgan va oz muddat avval ushbu kasallikka chalingan bemorlarda yaxshi samara berishi aniqlandi.

Ammo koʻp yillardan beri xastalikdan aziyat chekib kelayotganlar salomatligida D vitamini natijasida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi. Olimlar fikricha, bunday bemorlarda metabolik funksiyaning yaxshilanishini qiyin kechishi tabiiy. Ijobiy koʻrsatkichga erishish uchun yanada koʻproq vaqt talab etilishi mumkin.

Shuningdek, qandli diabet bilan ogʻrigan va unga moyilligi boʻlganlar maxsus ovqatlanish ratsioniga qatʼiy amal qilib, jismoniy faol turmush tarziga odatlanishlari zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?