Qanday mahsulotlar immunitetni kuchaytirishi maʼlum qilindi 

00:35 14 Iyul 2021 Dunyo
903 0

Illyustrativ foto

AQSHning Stenford tibbiyot maktabi olimlari qanday oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni yaxshilashini aniqlan borasida tadqiqot oʻtkazishdi. Ularning ilmiy kuzatishlari haqida "Cell" jurnalida maqola chop etildi.

Tadqiqotda 36 nafar koʻngilli jalb etilgan. Ular ikki guruhga boʻlingan. Birinchi guruhga oʻn hafta davomida kefir, tvorog, yogurt, konservalangan sabzavotlar, kimchi kabi mahsulotlar berilgan. 

Ikkinchi guruh aʼzolari esa bu vaqt davomida donli boʻtqalar, non, turli yongʻoqlar, dukkakli mahsulotlar, sabzavotlar va mevalar isteʼmol qilishgan.

Maʼlum boʻlishicha, birinchi guruhda yalligʻlanishlar, shu jumladan, interleykin 6 kamaygan. Bu romatoid artrit, diabet va surunkali stress kabi kasalliklarga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.

Shundan kelib chiqib, olimlar tabiiy mahsulotlar immunitetni oshirishda muhim ahamiyatga ega deb hisoblashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?